Kogon tumani: “Bahouddin Naqşband” mahallasida Marhabo Haydarova issiqxonadan baraka topmoqda
2026-10-31 15:25:00 / Yangiliklar

Hududda öndan ziyod köça bölib, jumladan, 2 ta umumta’lim maktabi, 1 ta davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti, 8 ta oilaviy bolalar boğçasi, qator korxona va taşkilot, önlab tadbirkorlik subyekti faoliyat körsatmoqda.
Mahallada amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş, ta’mirlaş-tiklaş işlari bilan birga tomorqa madaniyati şakllanayotgani, aholi mavjud ekin yeridan smarali foydalanib, issiqxona xöjaliklari soni ortayotgani quvonarli, albatta. Bunda aholining tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlab, kredit va subsidiyalar ajratilişida kömaklaşiş, doimiy daromad manbaiga ega bölmagan işsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş barobarida tomorqaçilik layoqatini oşirişga e’tibor qaratilmoqda.
Mahallaning Yangi yöl köçasida istiqomat qiluvçi Marhabo Haydarova ham öz xonadonidagi tomorqa yer maydonidan unumli foydalanib, oilasi farovonligini ta’minlaş yölida samarali mehnat qilmoqda. Xonadon bekasi qariyb 3 sotix yer maydonidagi issiqxonasida ayni paytda bodringni ertapişar navidan 1 ming tup köçatini ekib parvarişlamoqda. Agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirib, uç oylik mehnatdan söng bugunga kelib pişib yetilayotgan hosilni yiğiştirib oliş harakatiga kirişgan.
Öz mehnati, tajribasi va yerga bölgan mehrini daromad manbaiga aylantirgan Marhabo Haydarova mavsum yakuniga qadar 3 tonnaga yaqin bodring yetiştiriş hisobidan qariyb 15 million söm daromad olişni közlamoqda. Bu esa kiçik tomorqa maydonidan oqilona foydalaniş, oilaviy mehnatni töğri taşkil etiş orqali ham munosib daromad topiş mumkinligining yaqqol namunasidir.
Marhabo Haydarovaning intiluvçanligi va tinib-tinçimasligi şundaki, bodring hosilini saranjomlab olgaç, yerni tayyorlab, unda ismaloq, sarimsoqpiyoz va kökatlar yetiştirişni kanda qilmaydi. Bu ham rözğor ehtiyojiga yaraşa mahsulot va qöşimça daromad degani, albatta.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




