Olot: "Muxtor" mahallasida bolalar boğçasi kengaytirilmoqda
2026-10-31 08:55:00 / Yangiliklar

Bu borada “Islom taraqqiyot banki va OPEK jamğarmasi”, “Energiya samaradorligi—VM-300”, “Taraqqiyot va yetakçilik maskani” kabi dasturlar, “Open budjet” umumilliy loyihasi doirasida hududdagi 9 ta umumta’lim maktabi va 8 ta maktabgaça ta’lim taşkilotida quriliş va mukammal ta’mirlaş işlari ado etildi.
Ayni kunda navqiron avlod vakillarini maktabgaça ta’lim bilan töliqroq qamrab oliş borasida izçil amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar qatorida jumladan, “Oğir mahalla” dasturi doirasida "Muxtor" mahallasida faoliyat yuritib kelgan 29-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotining modldiy-texnik şart-şaroitlarini yaxşilaş maqsadida qöşimça bino qurilmoqda.
Loyihani röyobga çiqarişda pudratçi sifatida “Buxoro Nusrat servis” MÇJ işçi-mutaxassislari alohida jonbozlik körsatmoqdalar. Bu manzilda umumiy qiymati 2 milliard sömni taşkil etuvçi loyiha doirasida muxtorliklar jajji farzandlari uçun 60 örinli yangi bino barpo etilmoqda.
Aytiş joizki, Muxtor mahallasida şu kunga qadar mavjud 60 örinli bino mahalla bolajonlariga xizmat körsatib kelgan. Biroq keyingi yillarda hududda aholi soni 3 ming nafardan oşgani, tabiiyki, mahallada bolalar boğçasiga bölgan ehtiyojni yanada oşirdi va şunday xayrli işga qöl urildi.
Hademay, ta’mirlaş işlari belgilangan muddatda va sifatli yakunlangaç, maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalar uçun zamonaviy talablarga javob beradigan, yoruğ, şinam, xavfsiz va barça qulayliklarga ega ta’lim-tarbiya muhiti yaratiladi. Manzildagi quriliş-ta’mirlaş işlari borişi, quriliş materiallari ta’minoti va mehnat jamoasi uçun yaratilgan şart-şaroit tuman hokimligining doimiy nazorati ostida. Şuningdek, maktabgaça ta’lim muassasasi hududini obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va zarur infratuzilma bilan ta’minlaş işlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muhimi, mazkur bunyodkorlik işlari mahalla aholisi, ayniqsa, ota-onalar tomonidan mamnuniyat bilan qarşi olinmoqda. Aslida, bolajonlar uçun yaratilayotgan har bir qulaylik ularning soğlom ösişi, sifatli ta’lim-tarbiya olişi va kelajagi uçun juda muhim sanaladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








