Buxoro şahri: “Otbozor”dagi birgina issiqxonada öndan ortiq işçi daromadga erişmoqda
2026-10-31 08:50:00 / Yangiliklar

Ayni kunda hududda işsizlikni bartaraf etiş, kambağallikni qisqartiriş, kam daromadli oilalarga daromad manbaini yaratişga e’tibor qaratilmoqda. Hududda taşabbuskor tadbirkorlik harakatini qöllab-quvvatlaş, biznes loyihalarini röyobga çiqariş orqali önlab oilalar moddiy manfaatdorligi ta’minlanayotgani maqsadga muvofiq. Buni birgina "Otbozor" mahallasi misolida ham körişimiz mumkin.
Bugunga kelib 16 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan "Otbozor" mahalla fuqarolar yiğinida foydalanilayotgan tomorqa yeri 150 gektarni taşkil etmoqda. Mahallaning asosiy rivojlaniş “drayveri” qişloq xöjaligi bölib, yetakçi tarmoği boğdorçilik va dehqonçilik hisoblanadi. Hududda önlab xonadon issiqxonasiga — daromad manbaiga ega bölib, yil böyi bunda sarxil hosil yetiştirilib, bozorga çiqariladi. Hududda yetakçi tarmoği boğdorçilik va dehqonçilik hisoblanadi. Hududda önlab xonadon issiqxonasiga — daromad manbaiga ega va yil böyi bunda sarxil hosil yetiştirilib, bozorga çiqariladi.
Mahallada samarali mehnat va taşabbuskorlik namunasini körsatayotgan tomorqa egalaridan biri Marziya Qurbonovadir. Mehnatkaş xonadon bekasi mahalla kömagida tijorat bankidan olingan 45 million söm miqdorida imtiyozli kredit mablağidan foydalanib, 30 sotix yer maydonida barpo qilgan issiqxona xöjaligida barakali hosil yetiştirmoqda. Natijada 15 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlaşga, ularning kunlik 100-150 ming söm atrofida daromad topişiga munosib hissa qöşmoqda.
Issiqxonada mavsumga mos asosan pomidor, bodring, baqlajon, bulğor va aççiq qalampiri, sarimsoqpiyoz yetiştirayotgan Marziya opa va uning jamoasi ayni paytda halol mehnat mahsuli va moddiy manfaatdorligini körişmoqda. Joriy yil birinçi yarmida sarxil sabzavotdan 200 million sömdan oşiq moddiy foyda körgan mirişkorlar hozirda ham issiqxonani yaşnatib, möl hosil yetiştiriş harakatidalar.
Xulosa şuki, bu kabi issiqxona xöjaliklari xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, imtiyozli kredit sarmoyasi orqali yangi iş örinlari yaratiş, oilalar daromadlarini oşirişda muhim ahamiyatga ega.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati


