Buxoroda «Özbekiston – Yaponiya» xalqaro ta’lim forumi va yarmarkasi bölib ötmoqda
2026-10-28 20:20:00 / Yangiliklar

Forumning oçiliş marosimida Buxoro viloyati hokimi örinbosari — Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Hafiza Artikova, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mamoru Sakai sözga çiqib, forumning işiga muvaffaqiyat tiladilar.
Ta’kidlanganidek, Özbekiston va Yaponiya örtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik ikki mamlakatning ilmiy, akademik va madaniy aloqalarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xalqaro muloqot maydonlari yoşlarning bilim va salohiyatini rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribani örganiş, ta’lim sifatini oşiriş hamda yangi hamkorlik yönalişlarini belgilaş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Forumda 3 ming nafarga yaqin yoş iştirok etmoqda. Ular Yaponiya ta’lim tizimi, yetakçi universitetlar faoliyati, zamonaviy öqitiş metodikalari, xalqaro akademik almaşinuv dasturlari va xorijda tahsil oliş imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olişmoqda.
Tadbir doirasida iştirokçilar Yaponiya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqot qiliş, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oliş, ta’lim dasturlari, qabul talablari, stipendiya imkoniyatlari hamda xalqaro talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölmoqdalar.
Forum-yarmarkada Yaponiyaning 23 ta universiteti vakillari qatnaşmoqda. Jumladan, Tsukuba universiteti, Nagoya texnologiya instituti, Waseda universiteti, Yokohama milliy universiteti, Yamagata universiteti, SOKENDAI, Kibi xalqaro universiteti, Tohoku universiteti, Toyo universiteti, Hosei universiteti hamda International College of Liberal Arts (iCLA) kabi nufuzli ta’lim muassasalari vakillari öz universitetlarining ta’lim yönalişlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot bermoqda.
Şuningdek, tadbir davomida Yaponiyaning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş tajribasi, ilmiy tadqiqotlar, akademik hamkorlik va talabalar almaşinuvi istiqbollariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur forumning yana bir muhim jihati şundaki, u yoşlarga nafaqat xorijda ta’lim oliş imkoniyatlarini örganiş, balki kelajakdagi kasbiy va akademik maqsadlarini aniq belgilaş, xalqaro muhitda öz örnini topiş hamda raqobatbardoş mutaxassis bölib yetişiş uçun zarur bilim va tasavvurlarni şakllantirişga xizmat qiladi.
Buxoroda ötkazilayotgan «Özbekiston – Yaponiya» xalqaro ta’lim forumi va yarmarkasi ikki mamlakat örtasidagi ta’limiy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va yoşlar uçun xalqaro imkoniyatlar eşigini keng oçiş yölidagi muhim qadamdir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









