Vobkent: mahalla gulga burkanib, köçalar obod bölsin
2026-10-28 15:25:00 / Yangiliklar

Jumladan, tumanda avtomobil yöllari böylariga 40 ming tup, kanallar, ariqlar va zovurlar böylariga 15 ming tup, atrof-muhitga ta’sir xavfi “yuqori” va “örta” darajadagi xavfli toifalarga mansub sanoat korxonalari tomonidan “yaşil belboğ”lar barpo etiş maqsadida 20 ming 700 tup, maktabgaça va maktab ta’limi muassasalari hamda ularga tutaş hududlarga 7 ming tup, soğliqni saqlaş inşootlari va ularga tutaş hududlarga 4 ming 900 tup daraxt nihollari ötqazilib, talab darajasida parvarişlanmoqda.
Ayni kunlarda ham mahalla va köçalar, maktab, boğça, korxona, taşkilotlarda nihol ötqaziş, kökalamzorlaştiriş işlari qizğin davom etmoqda. Bu jarayonda tumandagi mehnat jamoalari işçi-xodimlari, jamoatçilik vakillari faol iştirok etmoqdalar.
Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi mehnat jamoasi tomonidan hozirda “Anjirboğ” mahallasidagi Hoja Mahmud Anjir Fağnaviy ziyoratgohi hamda “M-37” avtomobil yöli yoqalarida gul köçatlarini ötqaziş, hududlarni xazon va maişiy çiqindilardan tozalaş, ekin maydonlariga töqsonbosdi ekinlarini ekiş, mahallalarda çiqindilarni öz vaqtida olib çiqib ketiş, manzarali daraxtlarga şakl beriş işlari közdan keçirildi.
Şu bilan birga, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududda gaz ta’minoti tarmoqlari quvurlarini tartibga keltiriş, böyaş, elektr energiyasini xavfsiz yetkazib beriş maqsadida eskirgan simyoğoçlarni beton-tayanç ustunlarga almaştiriş işlari ham olib borilib, bu borada aniqlangan nuqson va kamçiliklar bartaraf qilinmoqda.
Şu örinda aytiş joizki, bu kabi obodonçilik va kökalamzorlaştiriş işlari nafaqat mas’ul taşkilotlar, balki har birimizning taşabbusimiz hamda faol harakatimizga boğliq, albatta. Obodonlaştiriş işlarida munosib qatnaşiş, uyimiz, xonadonimiz, hovli-joyimiz, hatto tomorqalarimiz orasta va kökalamzorligini saqlaş, xazon yoki çiqindilarni öz vaqtida bartaraf etişda har birimiz taşabbus körsatib, mahallamiz, köçamizni obod maskanga aylantiraylik.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
