#qabul
2026-10-22 18:55:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Rizo Asadov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolari va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini masofadan turib ko‘rib chiqish maqsadida Qorako‘l, Kogon shahar va Kogon tumanlaridan kelib tushgan murojaatlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda tinglandi.
Murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olinib, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan zarur choralar belgilandi
