Kogon tumani: elektr ta’minoti korxonasi kuz-qishmavsumiga tayyorlanmoqda
2026-10-10 16:35:00 / Yangiliklar

Ayni kunda tumandagi 23 ta mahallaning barchasi elektr energiyasi bilan to‘liqta’minlangan bo‘lib, jami 21 758 ta aholi xonadoni va barcha ulgurjiiste’molchilariga barqaror xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Shundan 20 432 ta aholixonadonlari hamda 1 326 ta ulgurji iste’molchiga tuman elektr ta’minoti korxonasibevosita xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy 2026-2027-yilgi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va tarmoqlardagiyuklamalarni barqarorlashtirish borasida muayyan natijalarga erishilmoqda.
Transformator punktlari va yangi tarmoqlarga to‘xtalsak, "Yangi O‘zbekistonqiyofasidagi mahalla", "Og‘ir mahallalarni rivojlantirish" dasturlari hamda "OPEK" mablag‘lari hisobidan tumanda jami 32 ta transformator punkti shay qilinib, 87 kilometr yangi havo tarmog‘i tortildi va 2 917 ta temir-beton tayanch ustunio‘rnatilgani aholi iste’molchilari uchun katta qulaylik, albatta.
Joriy va mukammal ta’mirlash ishlariga kelsak, tuman elektr tarmoqlarikorxonasi balansidagi 247,9 kilometr past va yuqori elektr uzatish tarmoqlari to‘liqjoriy ta’mirlanib, egilgan tayanch ustunlari to‘g‘rilandi. Yaroqsiz travers vaizolyatorlar almashtirilib, bo‘shab osilgan simlar qayta tortildi.
Rejadagi 53 dona transformator punkti va 151,3 kilometr masofada, 10/0,4 kVsoat quvvatga ega havo tarmog‘i mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, qo‘shimcharavishda yana 138 dona transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkinbo‘lgan avariyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, nuqson va kamchiliklarni tezkorbartaraf etish uchun 4 ta maxsus avariya tiklash brigadasi va 4 ta maxsus transportvositasi shay holatga keltirildi.
Albatta, ehtiyot shart, har yilgi kuz-qish mavsumi zarur zahirani taqozo etadi. Tuman elektr ta’minoti korxonasi markaziy omborida 2 dona transformator punkti, 300 metr sim, 500 metr kabel, 200 litr transformator moyi, o‘nga yaqin temir-betontayanch ustuni va yana shuncha mufta tayyorlab qo‘yilgan.
Umuman olganda Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandaelektr energiya ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumida yuzaga kelishimumkin bo‘lgan avariyaviy holatlar oldini olishga qaratilgan zarur choralarko‘rilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
