#qabul
2026-09-24 16:15:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Amrillo Nazarov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi
shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid masala hamda muammolari yuzasidan murojaat qildilar.
Jumladan, murojaatlarni o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzish, ariqlarni betonlashtirish, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida yer maydoni ajratish kabi masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini masofadan turib ko‘rib chiqish maqsadida Jondor va G‘ijduvon tumanlaridan kelib tushgan murojaatlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda tinglandi.
Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan masalalar esa viloyat hokimligi nazoratiga olindi.
Murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




