#Qabul
2026-09-12 17:15:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, xotin-qizlar va oilalarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va istaklari atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarni joyida va samarali hal etish maqsadida shahar va tumanlar Oila va xotin-qizlar bo‘limlari rahbarlari Zoom platformasi orqali jarayonga jalb etildi.
Mas’ul rahbarlarga fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda o‘rganish, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni ijobiy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




