#qabul
2026-09-10 19:50:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Rizo Asadovning viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida tadbirkor va fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqa sohalarga oid masala hamda muammolari yuzasidan murojaat qildilar.
Xususan, Xitoylik investor tomonidan taklif etilgan loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, tadbirkorga tibbiy diagnostika uskunalarini xarid qilish maqsadida tijorat banki tomonidan 2,6 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan masalalar esa viloyat hokimligi nazoratiga olindi.





