#qabul
2026-09-10 14:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amrillo Nazarov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid masala hamda muammolari yuzasidan murojaat qildilar.
Xususan, murojaatlarni o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzish, ariqlarni betonlashtirish, chorvachilikni rivojlantirish uchun yer maydoni ajratish kabi masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini masofadan turib ko‘rib chiqish maqsadida Zoom platformasi orqali ham murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan masalalar esa viloyat hokimligi nazoratiga olindi.



