#qabul
2026-09-08 17:45:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Shahriyorov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolar turizm, madaniyat, madaniy merosni asrash va rivojlantirish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, turistik xizmatlar ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyati hamda sohaga oid boshqa masala va muammolari yuzasidan murojaat qildilar.
Murojaatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.



