#qabul
2026-08-22 10:45:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova tomonidan viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 5 nafar fuqaro ishtirok etib, oilaviy nizolarni bartaraf etish, kadastr, moddiy yordam, uy-joy ta’miri, bandlik, davolanish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.





