Mehnat va intilish samarasi: “Paxtaobod” mahallasida bedanachilik orqali barqaror daromad topayotgan xonadon
2026-08-05 11:25:00 / Yangiliklar

“Paxtaobod” mahallasining Polvonobod qishlogʻida istiqomat qiluvchi Anvar Bekboyev ana shunday tashabbuskor fuqarolardan biridir. U "Har bir oila tadbirkor" davlat dasturi doirasida ajratilgan 50 million soʻm imtiyozli kredit mablagʻi hisobidan bedanachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, oilasi uchun barqaror daromad manbaini yaratishga muvaffaq boʻldi.
Bugungi kunda xonadonda 3, 20 va 40 kunlik bedanalar zamonaviy parvarish usullari asosida boqilmoqda. Toʻgʻri parvarish va samarali boshqaruv natijasida ularning mahsuldorligi izchil oshib bormoqda.
Xonadonda har kuni oʻrtacha 500 dona bedana tuxumi olinmoqda. Mahsulot ichki bozorda xaridorgir boʻlib, har bir tuxum 500 soʻmdan sotilmoqda. Shuningdek, tuxumlar inkubatorda 16 kun davomida parvarish qilinib, har bir siklda 250 tagacha joʻja olinmoqda. Joʻjalarning ham realizatsiya qilinishi tadbirkorga qoʻshimcha daromad keltirmoqda.
Bedana goʻshtiga ham isteʼmolchilar talabi yuqori. Xonadonda yetishtirilayotgan mahsulot 80 ming soʻmdan sotilib, unga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda.
Yoʻlga qoʻyilgan mazkur faoliyat natijasida Bekboyev Anvar xonadoni oyiga oʻrtacha 10 million soʻm sof daromad olmoqda. Bu esa davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali qisqa muddatda barqaror va daromadli tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish mumkinligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








