Halol mehnat ortidan kelgan baraka: jondorlik Yorqin Sayliyev oilaviy chorvachilik faoliyatini kengaytirmoqda
2026-08-03 18:10:00 / Yangiliklar

Ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, chorvachilik va dehqonchilik sohasida munosib natijalarga erishayotgan yurtdoshlarimizdan biri —jondorlik Yorqin Sayliyevdir.
Yorqin Sayliyev oilaviy chorvachilik faoliyatini kengaytirish maqsadida davlat tomonidan ajratilgan 50 million soʻmlik imtiyozli kreditdan samarali foydalandi. Mazkur moliyaviy koʻmak uning kelgusi rejalarini amalga oshirish va xoʻjaligini rivojlantirish uchun muhim asos boʻldi.
Shuningdek, u zamonaviy va shaffof tizim — “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali oʻtkazilgan ochiq tanlovda ishtirok etib, zaxira yer maydonlaridan 3 tasini 30 yil muddatga ijara asosida qoʻlga kiritdi. Mazkur yer maydonlari chorva uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish, dehqonchilik ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish imkonini berdi.
Bugun Yorqin Sayliyev yerdan unumli foydalanib, chorva mollarini parvarishlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Amalga oshirilayotgan izchil mehnat natijasida xoʻjalikda chorva bosh soni ortib, hozirda 12 bosh yirik shoxli qoramol va 5 bosh echkiga yetgan.
Yorqin Sayliyev erishayotgan yutuqlarini, avvalo, yurtimizda yaratilgan tinchlik va osoyishtalik, dehqon va chorvadorlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor hamda berilgan imkoniyatlar samarasi, deb biladi.
Halol mehnat, qatʼiyat va toʻgʻri foydalanilgan imkoniyatlar insonni yangi marralar sari yetaklaydi. Yorqin Sayliyev kabi mehnatkash insonlarning faoliyati yurtimizda tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirishda munosib namuna boʻlib xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




