Buxoro tumani: xonobodlik tadbirkor Nozim Ne’matov chorvachilikni rivojlantirmoqda
2026-07-14 10:45:00 / Yangiliklar
Buxoro tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xonobod mahallasida faoliyat yuritayotgan Nozim Ne’matov singari tinib-tinchimas tashabbuskorlar mehnati bu sa’y-harakatning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

Ne’matovlar xonadoni a’zolari 8 yildan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Mehnat bejiz ketmagan, ayni kunga kelib uy xo‘jaligida boqilayotgan qoramol sonini mirishkorlar 60 boshga yetkazishga muvaffaq bo‘lishgan. Xo‘jalikda asosan mahalliy “Qizilcho‘l” zotiga mansub qoramollar bilan birga xorijiy, yuqori mahsuldor “Smental”, “Hereford” va boshqa zotdor qoramollar parvarish qilinmoqda. Bu nasldor chorva mollari yuqori mahsuldorligi, tez o‘sishi va sifatli mahsulot berishi bilan ajralib turadi.
Shundan sog‘in sigir soni 15 boshga yetkazilgan bo‘lib, ularning har biridan kuniga 12-15 litrgacha sut sog‘ib olinmoqda.
Yetishtirilayotgan sut va go‘sht mahsulotlari mahalliy iste’molchilarga, hududdagi bolalar bog‘chasiga yetkazib berilib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shilmoqda. Birgina kunlik sog‘ib olinayotgan sutdan 1,2 million so‘mdan oshiq daromadga erishilmoqda. Xuddi shunday, bo‘rdoqiga parvarishlanayotgan chorva mollari hisobidan joriy yil birinchi yarmi davrida qariyb 2 tonna go‘sht mahsuloti aholi dasturxoniga yetkazilgan. Hisob-kitobga ko‘ra, bundan 200 million so‘mdan oshirib moddiy manfaatdorlikka erishilmoqda.

Nozim Ne’matov oila a’zolari ko‘magida yaqin oylarda chetdan naslli qoramollar olib kelish, xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, chorva mollari sonini 100 boshga yetkazishni maqsad qilgan. Bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifatli chorva mahsulotlari yetishtirish va bozor ta’minotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Xo‘jalikni kengaytirib, moddiy-texnik imkoniyatlarni oshirish uchun avvalo, tashabbuskorga ekin yeri kerak. Unda chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar, makkajo‘xori, o‘t beda, tariq, boshoqli don yetishtirilib, qishki mavsumga yetarlicha yem-xashak zahirasi tayyorlanadi.
Tuman mas’ullari bilan muloqotda xo‘jalik sohibi Nozim Ne’matov shu kabi rejalari, ayni paytda duch kelinayotgan tashvish-muammolari xususida to‘xtalib, ekin yeriga bo‘lgan ehtiyojini alohida ta’kidladi va mahalliy hokimlikdan yaqin kunlarda bu borada ijobiy javob oladigan bo‘ldi. Bu ham hududda chorvachilikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan shart- sharoit va imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati