Buxoro - Zongshang: Hamkorlik aloqalari kengaymoqda
2026-07-01 18:25:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida barcha sohalarda munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, xitoylik kompaniyalar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Viloyatimizda yaratilgan qulay investitsion muhit natijasida nufuzli kompaniyalarning ishonchi tobora oshib, Xitoy kapitali ishtirokida yangi korxonalar ishga tushirilayotgani taʼkidlandi. Iqtisodiy hamda turli yoʻnalishlarda aloqalarni yanada mustahkamlash uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani maʼlum qilindi.
Oʻz navbatida Ouyan Szinchuyen Oʻzbekiston – Xitoy munosabati soʻnggi yillarda jadal rivojlanayotganini, mamlakatimizda xorijlik investorlarga qulay shart-sharoit yaratilganini, ularning huquqi, manfaati qonun bilan kafolatlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, Ouyan Szinchuyen oʻz muzofotining geografiyasi, iqtisodiyoti, ishlab chiqarish imkoniyati, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Muloqotda Zongshang (Zhongshan) shahri va Buxoro viloyati oʻrtasida hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshirish, jumladan, xitoylik investorlarni jalb etish orqali Buxoroda yangi ishlab chiqarish korxonalari ochish masalalari koʻrib chiqildi.
— Biz Guandun provinsiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Guandun innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, sanoat, tashqi savdo va eksport boʻyicha Xitoyning eng ilgʻor hududlaridan biri hisoblanadi. Buxoro viloyati esa boy xomashyo bazasi, qulay investitsiya muhiti, rivojlangan sanoat zonalari hamda Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlari bilan ishonchli hamkor boʻla oladi. Ayniqsa, Zongshang shahri bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Elektronika, maishiy texnika, LED yoritish uskunalari, toʻqimachilik, pillachilik, junni qayta ishlash, biofarmatsevtika, qishloq xoʻjaligi texnologiyalari, logistika va turizm sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyormiz. Ushbu hamkorlik iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlab, ikki hudud oʻrtasida uzoq muddatli strategik sheriklik uchun mustahkam poydevor yaratishiga ishonamiz,-dedi Botir Zaripov.
Muzokaralar chogʻida qator nufuzli kompaniyalar vakillari bilan viloyat delegatsiyasining Xitoy safarida erishilgan kelishuvlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha ham oʻzaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida xitoylik kompaniyalar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati







