Buxoro shahri: 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qayta taʼmirlanmoqda
2026-06-10 19:15:00 / Yangiliklar

Shu bois, hududda ijtimoiy infratuzilma inshootlari qatorida maktabgacha taʼlim maskanlari moddiy-texnik ahvolini yangilash, ularda energiya tejamkor va innovasion qurilish texnologiyalarini joriy etish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Buxoro shahrida oʻtgan asr yetmishinchi yillarida barpo qilingan 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ayni paytda 140 oʻringa moʻljallangan boʻlib, shu kunga qadar taʼmir koʻrmagan, bolajonlar uchun koʻpdan kutilgan rekonstruksiyaga muhtoj edi. Bugunga kelib mazkur muassasada keng koʻlamli mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish-pudrat ishlari tanlov asosida masʼuliyati cheklangan jamiyati “Kapital sifat servis” binokorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 7 milliard soʻmni tashkil etib, ayni kunda mazkur inshootda zamonaviy qurilish standartlari asosida yangilash-butlash ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, bino ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari toʻliq rekonstruksiya qilinib, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy issiqlik tizimi— “issiq pol” texnologiyasi oʻrnatilmoqda.
Mazkur rekonstruksiya ishlari toʻla-toʻkis yakunlangach, tarbiyalanuvchilar uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va shinam taʼlim maskani foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan. Taʼmirlash ishlari yaqin ikki oyda yakuniga yetkazilib, bunda talab darajasidagi jihozlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati



