Kogon shahri: tinib-tinchimas Ravza buvi uy xo‘jaliginiobod qilmoqda
2026-05-30 11:40:00 / Yangiliklar

Kogon shahri, “Adolat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Nafosat ko‘chasidagi 2-uydaistiqomat qiluvchi Ravza Galiakbarova bu yil umrining 75-bahorini qarshi olgan, tabarrukyoshli onaxon bugun o‘z mehnati, shijoati va tadbirkorlikka bo‘lgan intilishi bilanko‘pchilikka, ayniqsa yoshlarga ibrat bo‘lib kelmoqda.
Emin-erkin pensiya gashtini surib yurishi mumkin bo‘lgan onaxon uy xo‘jaligidaparrandachilik bilan samarali shug‘ullanib, oilasiga baraka kiritmoqda.
Onaxon ayni kunda g‘ayrat bilan 8 bosh kurka, 20 bosh g‘oz va o‘rdak, 30 boshtovuq parvarish qilmoqda. Shuningdek, bu manzilda 20 bosh g‘oz va o‘rdak polaponlari, yana 18 bosh tovuq jo‘jalari ham parvarishlanmoqda. E’tiborlisi, Ravza buvi bu ishninafaqat daromad manbai, balki mehnatsevarlik va sabr namunasi sifatida ham ko‘radi. Nuroniy onaxon har bir jonivorni mehr bilan boqib, ko‘paytirib, o‘zining boy hayotiytajribasini amaliy mehnat bilan uyg‘unlashtirgan.
Muhimi, parrandachilik xonadonda yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan serdaromadsohalardan biri. Bu orqali ham oila dasturxoni to‘kin bo‘ladi, ham qo‘shimcha daromadtopish imkoniyati yaratiladi. Ravza opa esa o‘z mehnati bilan buning amaliy namunasiniko‘rsatib kelmoqda.
Ochig‘i, fidoyi onaxonning g‘ayrati va mehnatsevarligi har bir xonadon yokiundagi ayollarga motivatsiya—shijoat beradi. Zero, yosh muhim emas, mehnatga layoqatliinsonning harakati, maqsadi va izlanuvchanligi dolzarb. Ravza opa singari nuroniy yoshdaham xotirjamlikka berilmasdan, mehnat bilan daromad topayotgan ayollar, onaxonlar borekan, yurtimizda mehnat qadri va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada ortadi.
Mazkur mahallada bugunga kelib jami 579 ta xonadon, 639 ta oilani o‘z ichigaolgan jami 2,5 mingga yaqin aholi vakili istiqomat qilmoqda. O‘tgan yillarda “Obodmahalla” davlat dasturiga muvofiq hududdagi infratuzilma inshootlari, jumladan, yo‘lta’miri, elektr energiyasi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti yanada yaxshilanib, aholixonadonlari, ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Shubilan birga, Ravza buvi singari mirishkor xonadon bekalari safi kengayayotganimahalladoshlar dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, ro‘zg‘orini butlashda muhimahamiyatga ega, albatta.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




