Olot: "Eski Olot" mahallasida "Lider kids" maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi
2026-05-29 19:50:00 / Yangiliklar

Maskan ochilish marosimida tuman mutasaddilari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar hozir bo‘ldilar. Bu muassasani foydalanishga topshirilishi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tibor, qolaversa, bu nafaqat bolajonlar, balki ular ota-onalari uchun ham katta sovg‘a bo‘lgani ta’kidlandi.
Mazkur oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviyligi va qulay shart-sharoiti bilan ajralib turadi. Xonalarning yorug‘ va shinamligi, bolalar uchun yaratilgan o‘quv hamda o‘yin maydonchalari, oshxona va yotoqxonalar, sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bolajonlarning barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishishiga xizmat qiladi.
Muassasa nafaqat maktabgacha ta’lim maskani, balki, ma’naviyat qo‘rg‘oni sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu yerda yosh avlodning bilimli, odobli, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalanishiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Inshootni foydalanishga topshirish tadbirida bolajonlarga esdalik sovg‘alari ulashilib, ota-onalar tomonidan ushbu tashabbus mamnuniyat bilan kutib olindi. Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan bunday e’tibor yurt ravnaqi, oilalar farovonligi, ularda voyaga yetayotgan norasida farzandlar erta savodxonligini chiqarishda muhim vositadir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati







