Romitan: "Agro Star" MChJ yana 50 gektar yerda intensiv bog‘ barpo etmoqda
2026-05-25 16:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, “Hazorbog‘” massivida 56 ta fermer xo‘jaligi tomonidan jami 690 gektar yer maydonida bog‘-tokzor parvarishlab kelinmoqda.
Shu konturlardan, 420 gektar yerda uzumzor, 270 gektarda mevali bog‘ barpo qilinmoqda. Mavjud uzumzor bog‘ning “obi hayot”ga bo‘lgan talabini hozirlash msaqssadida shundan 96 gektar tokzorda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinib, alohida gidrorezervuar barpo qilingan. Ayni kunda yerda yetishtirilayotgan uzumzorni to‘liq shpaller hamda “Voish usuli”ga o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda uzumzorlarda ishlash va agrotexnik tadbirlar o‘tkazish yengillashadi.
Bundan tashqari, shu hududda joylashgan "Agro Star" MChJ tomonidan qo‘shimcha 50 gektar maydonda yer ochib, unda serhosil navlarga mansub intensiv bog‘ barpo qilish ishlariga jadal kirishilgan.
Tijorat banklari tomonidan barpo etiladigan mevali bog‘-tokzorlar uchun yillik 14 foizlik, 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davri bilan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi ham belgilab olingan.
Tumanda fermer xo‘jaliklari tokzorlariga o‘rnatilgan shpalerlar uchun subsidiya ajratilishida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tuman bo‘limi tomonidan bog‘ yaratish ishtiyoqida bo‘lgan xo‘jaliklarga yaqindan ko‘maklashilmoqda.
Natijada ko‘plab xo‘jaliklar davlat subsidiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi barobarida ular bandligi va oilalari moddiy manfaatdorligi ta’minlanmoqda. Bu esa tokzorlarni yanada rivojlantirish va hosildorlikni oshirishga, aholi dasturxonini noz-ne’mat bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






