Universitetda “Turkman gilamlarida turkiy xalqlarning madaniy xotirasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
2026-05-20 17:00:00 / Yangiliklar
Turkman gilami qardosh xalqning milliy brendi, faxri va iftixori sanaladi. Har yili may oyining so‘nggi yakshanbasida Turkmanistonda gilam bayrami nishonlanadi. Buxoro shahrida ham o‘zbek - turkman xalqlarining do‘stligi va qardoshligi ramzi timsolida “SD TURKMEN HALY” qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.

Azaldan hunarmandchilik an’analari rivojlangan Buxoroda turkman gilamlarini to‘qishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonaning ish boshlashi ikki davlat rahbarlarining madaniy–ma’rifiy, ijtimoiy–iqtisodiy, savdo va invetitsiyaviy sohalarda amalga oshirayotgan yaqin hamkorlik hamda qo‘shnichilik aloqalarining natijasi, albatta.
Qo‘shma korxona qoshida turkman gilamlarining tarixi, qo‘shni xalqning urf – odat va an’analaridan batafsil ma’lumot beruvchi ko‘rgazma paviloni ham tashkil etilgan. Bu maskan ayni kunda qadim Buxoroning sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Tabiiy xom ashyodan inson qo‘l mehnati bilan yaratiladigan turkman gilamlari o‘zining rangdorligi, naqshlar uyg‘unligi bilan dunyoga mashhur. Shu bois, unga olam go‘zalligini o‘zida mujassam etgan qo‘l mehnati mahsuli, mo‘jiza deya ta’rif berilishi bejiz emas. Azaldan o‘zaro do‘stlik va birodarlik rishtalari mustahkam bo‘lgan o‘zbek – turkman xalqlari o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalari aynan shu yo‘nalishda ham mustahkamlanib bormoqda.
Tabiiy xom ashyodan inson qo‘l mehnati bilan yaratiladigan turkman gilamlari o‘zining rangdorligi, naqshlar uyg‘unligi bilan dunyoga mashhur. Shu bois, unga olam go‘zalligini o‘zida mujassam etgan qo‘l mehnati mahsuli, mo‘jiza deya ta’rif berilishi bejiz emas. Azaldan o‘zaro do‘stlik va birodarlik rishtalari mustahkam bo‘lgan o‘zbek – turkman xalqlari o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalari aynan shu yo‘nalishda ham mustahkamlanib bormoqda.
Buxoro davlat universitetida “Turkman gilamlarida turkiy xalqlarning madaniy xotirasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun kelgan mehmonlar universitetda tashkil etilgan rang-barang va o‘ziga xos madaniy merosni aks ettiruvchi ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdilar. Xalq amaliy san’atiga oid ko‘rgazmadan katta taassurot olgan xorijlik olimlar universitetda ta’lim jarayonini raqamlashtirish, talabalarga xizmat ko‘rsatish sifatini belgilovchi zamonaviy tizim “Ofis registrator” bo‘limi bilan ham yaqindan tanishdilar. Xorijiy ekspertlarga universitetning ichki boshqaruv tizimi, talabalarning akademik ko‘rsatmalarini olish va kredit-modul samarali boshqarish jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, universitet ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Kamoliddin Samiev, shuningdek, Turkmaniston respublikasidan kelgan ilmiy tadqiqotchi olimlar ishtirok etdilar.
Anjumanda ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda turkiy xalqlarning boy madaniy merosini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kelgusidagi istiqbolli loyihalarni hamjihatlikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






