Olot: “Sohil bo‘yi” dam olish loyihasi kengaytirilmoqda
2026-05-13 12:45:00 / Yangiliklar

Kanal bo‘yining qariyb 500 metr qismida o‘nga yaqin tadbirkorlik sub’ektihomiyligida obodonlashtirilgan yo‘laklar, yangi infratuzilma va qulay dam olish zonalaritashkil etilmoqda. Loyihaga binoan, hududda 20 taga yaqin tadbirkorlik shaxobchasi o‘z“tashabbuskorlari”ni kutmoqda.
Muhimi, tuman markazidagi “Humo” istirohat bog‘i ham yangilanish, ta’mirlashishlaridan keyin ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Umumiy qiymati 3 milliard 100 millionso‘mga teng bu loyiha asosida bog‘da zamonaviy attraksionlar, oilaviy hordiq hududi, bolalar maydonchalari va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari qurilmoqda. Bu ishlardapudratchi sifatida “Poʻlat suv qurilish” MChJ ishchi-mutaxassislari jonbozlikko‘rsatishmoqda.
Hozirda “Amu Qorako‘l” daryosi bo‘yida barpo qilinayotgan zamonaviy sohil bo‘yidam olish maskanini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Hudud ekologik salohiyatinioshirish, aholi uchun qulay, zamonaviy hordiq chiqarish maskanini yaratish maqsadidatashkil etilayotgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 8 milliard 510 million so‘mnitashkil etadi. Bu sarmoya evaziga hududni to‘liq obodonlashtirish, zamonaviy ko‘ngilocharmaskanga aylantirish maqsad qilingan.
Mazkur aholi dam olish maskanida tungi yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindiurnalarini o‘rnatish, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, audio musiqa tizimini tashkiletish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, shuningdek, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklaryo‘l chekkasida harakatlanishga xalal bermaydigan avtoturargoh va zamonaviy o‘rindiqlartashkil etish, ovqatlanish uchun qulay bo‘lgan “Food trak”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bolalar o‘yingohi o‘rnatish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda loyiha doirasida kanal o‘zanini betonlashtirish, bu orqali suv yo‘liatrofini mustahkamligi va xavfsizligini ta’minlash, dam oluvchilar uchun zamonaviy“besetka”lar o‘rnatib, piyodalar yo‘laklari barpo etish va kanal atrofini maxsus to‘siqlarbilan o‘rab olish ishlari bormoqda.
Hududning yanada ko‘rkam va jozibador bo‘lishi uchun dekorativ manzarasigae’tibor qaratilib, bolalar uchun o‘yin maydonchalari, oilaviy dam olish uchun barchaqulayliklar yaratilmoqda. Bunda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida zamonaviyko‘prik qurilishi ham rejalashtirilgan. Ushbu ko‘prik nafaqat qulay harakatlanishimkoniyatini yaratadi, balki maskanning me’moriy ko‘rinishiga ham o‘ziga xos chiroybag‘ishlaydi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




