Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining mohiyati va ahamiyatini hamda ularni amalga oshirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha hisobot
2026-05-05 13:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Buxoro viloyati hokimligida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Haftaning har dushanba kunlari Buxoro viloyati hokimi rahbarligida, haftaning chorshanba va juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, viloyat hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ya’ni har hafta 2 marotaba kelgusi oyning yakuniga qadar ijro muddati keladigan topshiriqlar ro‘yxati eslatma sifatida hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilari, bo‘linma rahbarlariga hamda tuman va shahar hokimliklariga yetkazilmoqda.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi ma’lumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.
Viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari tomonidan har oyda bitta tuman va shaharda hamda viloyat boshqarma, korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli o‘rganilmoqda. Jumladan, joriy yilning fevral oyida Jondor tumani hokimligi, mart oyida Buxoro avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
2026-yilning yanvar-aprel oylari davomida viloyat hokimligi apparatida ijro intizomining holati 33 marotaba muhokama qilingan.
2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat korxona tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2026-yil yanvar-aprel oylari davomida viloyatga daxldor 1412 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, ushbu topshiriqlarning 879 tasida viloyat hokimligi asosiy ijrochi hamda 533 tasida hamijrochi sifatida belgilangan.
Ushbu topshiriqlarning 1400 tasi (99.1%)ning ijrosi ta’minlanib nazoratdan yechilgan. Qolgan 12 ta topshiriqda viloyat hokimligi hamijrochi sifatida belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining Prezident Administratsiyasi modulidagi viloyat hokimligiga daxldor 136 ta va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari modulida Hukumatimizning 384 ta topshirig‘i kelib tushgan bo‘lib, barchasining ijrosi ta’minlandi.
Joriy yilning may oyidagi topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Har bir hokim o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi.
May oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 131 ta topshiriqlaridan 42 tasining ijrosi barvaqt ta’minlandi hamda qolgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Viloyatda Prezidentimizning, Prezident Administratsiyasining hamda Vazirlar Mahkamasining may oyidagi topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Umid Qo'shshayev,
Viloyat hokimligi boshqaruv apparati ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i
Viloyat hokimligi boshqaruv apparati ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i
