G‘ijduvon: uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilar shart-sharoiti o‘rganildi
2026-04-30 21:25:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorga muvofiq respublika Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi qabul qilingan.
Nizom talablariga rioya etilayotganligi holatini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasi tomonidan joylarda qator o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, viloyat hududiy birlashmasining G‘ijduvon jamiyati tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilar ijtimoiy ahvoli o‘rganildi.
Ayni kunda tumanda jami 96 nafar uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchi bo‘lib, ular salomatligi, ijtimoiy muhofazasi bilan birga federatsiya va tegishli tashkilotlar hamkorligida ular ta’lim jarayoni alohida nazoratga olingan. Aytish joizki, bu toifadagi o‘quvchi yoshlarga salomatliklarini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish va talab darajasida ta’lim olishlarini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib, zarur yengillik va qulaylik yaratilgan. Ular yashash xonalarida dars jadvallari ilingan bo‘lib, biriktirilgan o‘qituvchilar tomonidan saboqlar o‘z vaqtida o‘tilayotgani maqsadga muvofiqdir.
Jumladan, 11-sinf o‘quvchisi Usmon Sharipov (bosh miya operatsiyasidan keyingi asoratlar), 4-sinf o‘quvchilari Ahmadjonova Rayhona Aziz qizi va Oripov Ismoiljon Olimjon o‘g‘li (bolalar miya falaji), 8-sinf o‘quvchisi Boboqulova Gulchiroy Kamol qizi (asab kasalligining nasliy spinal aminotrofiya kasalligi) uylariga borib, yashash va o‘qitish sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Jarayonda o‘quvchilar va ular ota-onalari duch kelayotgan tashvish-muammolarga e’tibor qaratilib, murojaatlarini tegishli tartibda hal qilish chora-tadbiri belgilandi.
Sherzod Axmedov,
G‘ijduvon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi









