Romitan: tuman pillakorlari 4368 quti ipak qurti parvarishlamoqdalar
2026-04-29 18:40:00 / Yangiliklar
Viloyat pillachilik tarmog‘ida katta tajribaga ega ta’minotchi va qayta ishlash korxonasi “Romstar” MChJ korxonasi tomonidan ayni mavsumda innovatsion uslub qo‘langani holda tumanda 45 ta hududda markazlashgan holda ipak qurti boqilyapti. Korxonada markazlashgan holda boqilayotgan ipak qurtining ilg‘or ish uslubidan biri ipak qurtini taxtali yashiklarda joylashtirib, oxirgi yoshgacha parchak barg bilan boqilayotganidir.

“Romstar” viloyatning yettita tumanida ipak qurti parvarishini muvofiqlashtirish, tayyor pillani yig‘ib olish va uni yuqori sifatli ipak tolasi (kalava ip) holatiga keltirib, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yirik sanoat subyektidir. Joriy mavsumda mas’uliyati cheklangan jamiyati 2 ming 915 nafar kasanachi bilan shartnoma tuzdi va inkubatoriyada qutidagi ipak qurti yetkazib berildi. Maqsad 262 tonnaga yetkazib sifatli “kumush tola” hosilini yetishtirishdir.
Bahorgi mavsum davomida korxonada 500 nafar ishchi doimiy ish bilan ta’minlansa, qurt boquvchilar bilan birgalikda bu ko‘rsatkich 800 nafargacha yetadi. Ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan zamonaviy uskunalar inson mehnatiga nisbatan 7–10 barobar samaraliroq ishlaydi.
Korxonaning “Qumrabot” mahalla fuqarolar yig‘inidagi urug‘ ishlab chiqarish biolaboratoriyasiga kelsak, sex yangi texnologik liniyada 150 nafargacha ishchi-mutaxassisni o‘zida jamlamoqda. Natijada bitta xonada 50 ta yashikda 15 quti ipak qurtini parvarishlash imkoniyati bor. Ipak qurti uchun xona ichida yetarli haroratni saqlash maqsadida issiqlik pechi ham yoqiladi.
Bundan tashqari, kichik yoshda barg kesishda maxsus apparatdan foydalanilayotgani ham bir qulaylik. Bunda 10 qutiga yetarli barg 15 daqiqada maydalanib tayyorlanadi. Bu jarayon afzalligi shundaki, 10 nafar ishchi kuchi mehnati tejalmoqda. Yana bir yaxshi tajribasi esa parvarishni oxirgi bosqichida sun’iy dastadan foydalaniladi.
Ipak qurti ozuqasi yaxshi xazm bo‘lishi uchun bargni ertalab va kechga yaqin tayyorlab berilmoqda. Shu kunlarda xonada markazlashgan usulda 20 quti ipak qurti pillakor agronomlar tavsiyasi asosida parvarishlanmoqda. Hademay, jamoa mehnatkashlari 1,4 ming kilogram hosil yetishtirish harakatidalar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









