Buxoro tumani: umumta’lim maktabi bo‘sh turgan binolarida tadbirkorlik sexlari tashkil qilinmoqda
2026-04-23 18:00:00 / Yangiliklar

Yakka tartibda daromad topayotganlar bilan birga hududda tomorqadan samarali foydalanish borasida katta tajriba to‘plangan, ayni kunda 70 gektardan oshiq yerda dehqonchilik qilib, barakali mahsulot yetishtirib kelinmoqda.
Mahallada faoliyat yuritayotgan 3-sonli umumta’lim maktabi 640 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugunga kelib mazkur ta’lim dargohida 600 nafardan ortiq o‘quvchi o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. Ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bilan birga, mavjud infratuzilmadan oqilona foydalanish bo‘yicha ham ibratli tajriba o‘zlashtirilmoqda.
Xususan, maktab direktori tashabbusi bilan hududda bo‘sh turgan binolar tashabbuskor tadbirkorlarga ijaraga berilgan. Bu xayrli ish natijasida bo‘sh turgan binolarda qator kichik ishlab chiqarish yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Jumladan, tikuvchilik, tuxum qadoqlash, shirinliklar tayyorlash, shuningdek, non va non mahsulotlari pishirish sexlari faoliyati tashkil etilgani tufayli bugun bu yerda o‘ndan oshiq fuqaroning bandligi va daromadi ta’minlanayotgani holda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Ta’lim maskanidagi bu tajriba “maktab–ta’lim va bandlik markazi” tamoyili asosida samarali natija berayotgan ijobiy tashabbuslardan biri. Ahamiyatlisi, bu loyihalar doirasida maktab bitiruvchilari hamda mahallada ishsiz bo‘lgan o‘nga yaqin xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









