Peshku: hududdagi 7 ta inkubatoriyada 3314 quti ipak qurti jonlantirilib, manzili tarqatildi
2026-04-14 20:35:00 / Yangiliklar

Ayni mavsumda tuman biolaboratoriyalarida jonlantirilgan 3314 quti ipak qurti xo‘jaliklar, oilaviy zvenolarga tarqatilgan. Mahalla va qishloqlardagi 200 taga yaqin fermer xo‘jaligi va 2300 dan ziyod oilaviy kasanachi kuchi bilan 199 tonna sara navli pilla yetishtirish maqsad qilingan.
Tahlillardan ko‘rinishicha, bundan 3-4 yil burun tumanda 2 ming 660 quti ipak qurti urug‘i boqilib, buyurtmachi sifatida “Bukhara Brilliant Silk” qo‘shma korxonasi tomonidan oilaviy zvenolar va kasanachilardan 155 tonna atrofida momiq pilla mahsuloti qayta ishlashga qabul qilingan. Shundan 60 tonna pilla fermer xo‘jaliklari va ulardagi oilaviy zvenolar, 90 tonnasi esa kasanachilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ko‘rinib turibdiki, bu yilga kelib tumanda ipak qurti salmog‘i nisbatan 654 qutiga yoki 4,5 tonnaga oshgan. Bahor mavsumida kasanachilar va oilaviy zvenolardan yig‘ib olinishi ko‘zlangan xom ashyo miqdori 200 tonnadan kam emas. Muhim rejani amalga oshirish maqsadida barcha hududda zarur shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Mavsum oldidan mavjud tut plantatsiyalari fermer xo‘jaliklari va kasanachi sub’yektlarga mehnat shartnomasiga binoan manzilli tarqatib berilgan.
Inkubatoriyalarda ipak qurtlarini sifatli jonlantirish, ularni o‘z vaqtida oziqlantirish hamda parvarishlash bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, tut bargi zaxirasini yetarli darajada shakllantirish, parvarishlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etishga e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






