Shofirkon dehqon va buyum bozori yangi qiyofaga kirmoqda
2026-04-13 21:25:00 / Yangiliklar
Keyingi paytda aholi va xaridorlarga talab darajasida xizmat koʻrsatish, savdogar, tijoratchi xodimlarga shart-sharoit hozirlash, obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena tartib-qoidalariga amal qilish borasida Shofirkon tuman dehqon va buyum bozorida amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar yaqqol koʻzga tashlanib qolgandi.

Viloyat va tuman hokimliklari, tegishli tashkilotlar saʼy-harakati bilan nihoyat, tuman markaziy dehqon bozori risoladagidek koʻrinishga keltiriladigan, unda xaridor va sotuvchilar uchun yetarli sharoit shay qilinadigan boʻldi. Bugun viloyat hokimi tumanda boʻlib, bozor taʼmiriga alohida eʼtibor qaratdi.
Umumiy yer maydoni 5,5 gektardan oshiqni tashkil etayotgan mazkur bozordagi ahvoldan kelib chiqqan holda ayni kunda 167 ta savdo shoxobchasi, 244 ta rasta va bir ayvoniga ega dehqon, shuningdek, 242 ta savdo doʻkoniga ega buyum bozorida taʼmirlash-tiklash ishlari, jumladan, bozor tashqi fasad qismini zamonaviy qiyofaga solish ishlari boshlangan.
Bunda bozorning oldi, fasad qismi 500 million soʻm moddiy qiymatida, homiylik va tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan qayta taʼmirlanmoqda. Hozirda buyum bozoridagi 102 ta doʻkonda ham qurilish, obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Bozor fasad qismini talab darajasiga keltirish maqsadida “Milliy bank” viloyat filialidan qiymati 2,5 milliard soʻm kredit mablagʻi jalb etilgan boʻlib, ayni kunda pudratchilar tanlangan. Taʼmirlash-tiklash ishlaridan soʻng majmuada yana qoʻshimcha 288 ta savdo rastasi barpo etilib, kundalik savdo tushumi ortadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati