Gʻijduvon: “Oltinsoy” so‘lim ekoturizm maskani chorlaydi
2026-04-08 19:45:00 / Yangiliklar
Umumiy maydoni 28 gektarni tashkil etgan mazkur cho‘l dam olish maskanida umumiy qiymati 1 milliard so‘m va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi “USAID” homiyligidagi 31 ming AQSH dollari evaziga ekomaskan barpo etish ishlari bir necha yil burun boshlangan. Gʻijduvon tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda, “Baraka” cho‘l massivida obod qilingan mazkur ko‘ngilochar maskanda ayni kunda 20 ming tupga yaqin turli-tuman manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib parvarishlanmoqda.

Bu yerda dam oluvchilar uchun “Oltinsoy” so‘lim ekoturizm maskani barpo qilingan. Mehmonlar, dam oluvchilar uchun cho‘lda ov qilish, kamondan va miltiqdan otish, otda sayr, gastronomik turizm, ovul hayotiga oid milliy namunada qurilgan o‘tovlar va ularda tuya suti, hududda tuyaqush parvarishi yo‘lga qo‘yilgani ham mehmonlarni befarq qoldirmaydi.
Bu yerda mahalliy va xorijiy mehmonlar 5 gektarda bunyod etilayotgan suv havzasida baliq ovlash, xushmanzara joylarni tomosha qilish, ot va tuyalarda sayr etish, tegishli tarzda jihozlangan va barcha qulayliklarga ega o‘tovlarda miriqib dam olishlari mumkin.
Aytish joizki, cho‘lda shunday ko‘ngilochar so‘lim maskan barpo etish loyihasi boshida ayni paytda mohir ovchi, tadbirkor, “Shuhrat” medali sohibasi Iqlima Jo‘rayeva turibdi. Uning keyingi yillarda Gʻijduvonning bir tomoni Qizilqum kengliklariga tutashgan “Baraka” MFY da tashkil etgan ekomaskani dovrug‘ taratmoqda.
Aytish joizki, cho‘lda shunday ko‘ngilochar so‘lim maskan barpo etish loyihasi boshida ayni paytda mohir ovchi, tadbirkor, “Shuhrat” medali sohibasi Iqlima Jo‘rayeva turibdi. Uning keyingi yillarda Gʻijduvonning bir tomoni Qizilqum kengliklariga tutashgan “Baraka” MFY da tashkil etgan ekomaskani dovrug‘ taratmoqda.
Iqlima Jo‘rayevaning oqilona yuritayotgan faoliyati tufayli bugunga kelib mazkur maskanda jami 20 nafardan oshiq ishchi mehnat qilib, daromad topmoqda. Mazkur cho‘l zonasida iqlimga mos manzarali daraxtlar parvarishlanayotgani barobarida dam oluvchilar uchun yurtalar o‘rnatilib, jihozlangan va barcha sharoit yaratilgan. Xuddi shunday, bu maskanda tuya, ot, tuyaqush, parrandalar va turli xil qushlardan iborat hayvonot olamini mujassam etgan bog‘ mavjud.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









