Romitan: tibbiyot birlashmasida “Raqamli sogʻliqni saqlash markazi” ochildi
2026-03-27 15:40:00 / Yangiliklar

Jumladan, Romitan tuman tibbiyot birlashmasida “Raqamli sogʻliqni saqlash markazi” barpo qilingani ham yuqoridagi saʼy-harakat samarasidir. Zero, bugun xal xoʻjaligi barcha tarmoqlarida innovatsiyalar, raqamli transformatsiya jarayoni kechayotgan ekan, sogʻliqni saqlash tizimidagi yangilanish va izchil islohotlar bundan mustasno emas. Buni tibbiyotda erishilayotgan yutuqlar misolida ham koʻrish mumkin.
“Raqamli sogʻliqni saqlash markazi” inshooti ochilishida respublika sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari O. Omonov, shuningdek, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi va tuman tibbiyot birlashmasi masʼul mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, shifokorlar va axborot texnologiyalari mutaxassislari ishtirok etdilar.
Eʼtirof etilganidek, bugun shifokorning qabuliga yozilish, tashxis natijalaridan xabardor boʻlish yoxud masofadan tibbiy maslahat olish kabi xizmatlar elektron tarzda amalga oshirilayotgani aholiga katta qulaylik yaratmoqda. Aytish lozimki, qariyb 155 ming aholi vakili istiqomat qilayotgan tumandagi barcha tibbiyot muassasalarida ham raqamlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Markaz faoliyatini talab darajasida tashkil etish uchun oʻtgan 2025-yilda umumiy qiymati 1 milliard 50 million soʻmga teng kompyuter texnikalari, monoblok, rangli printer, skaner, planshet va boshqa uskunalar xarid qilingan.
Oʻz navbatida, markaz ramziy lentasi qirqilgan tadbirda yangi tashkil etilgan mazkur situatsion markazning tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha boʻlimlari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlari faoliyatini markazlashgan holda monitoring qilish, tahlildan oʻtkazish va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini berishi alohida taʼkidlandi.
Ushbu markaz respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Raqamli sogʻliqni saqlash markazi bilan integratsiya qilingan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati





