Kogon: yoʻl taʼmiridan soʻng Beklar mahallasi obod maskanga aylanmoqda
2026-03-26 16:15:00 / Yangiliklar

Xususan, oʻtgan yillarda Jinjak, Beklar, Katta Masjid va boshqa qishloqlar har birida ichki yoʻl qismlari asfallashtirilib, tungi yoritish chiroqlari bilan taʼminlangan, hudud obodonlashtirilgan boʻlsa, ayni kunda ham OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi loyihasi doirasida mahallaning 11 kilometrdan ortiq ichki yoʻllarini asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Albatta, ichki yoʻlni kapital taʼmirlash va zamonaviy talablar asosida qayta qurish aholi va yoʻlovchilar kundalik qatnovi uchun qulaylik yaratish, xavfsiz transport qatnovini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda mahallada pudratchi “Amirbek gold Way Servic” MCHJ yoʻlsozlik korxonasi tomonidan maxsus texnika vositalari jalb qilingan holda yoʻl asosi tayyorlanib, tekislanmoqda hamda asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Bu saʼy-harakat mahalla infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, obod maskanga aylantirish uchundir.
Umuman, ayni kunda tumanda 511 kilometr ichki xoʻjalik yoʻllari boʻlib, soʻnggi uch yillik faoliyat doirasida umumiy uzunligi 160 kilometr yoʻl qismi taʼmirdan chiqarilgan. Bu borada tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zarur chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati





