Shofirkon: “Bobur” mahallasida maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilmoqda
2026-03-09 15:05:00 / Yangiliklar

Shu kunlarda jumladan, “Bobur” mahalla fuqarolar yigʻinida yangi va zamonaviy qiyofadagi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilish jarayoni jadal bormoqda.
Aholi talab va istklari asosida bunyod qilinayotgan mazkur muassasa 90 nafar jaji oʻgʻil-qizga moʻljallangan boʻlib, loyihaga muvofiq qurilish ishlari uchun mahalliy byudjet mablagʻi hisobidan qariyb 3,9 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Bunda pudratchi sifatida qurilish, jihozlash, maskanni zarur infratuzilma bilan taʼminlash masʼuliyatini “Fast Quality Building” MCHJ oʻz zimmasiga olgan.
Tuman hokimligi kundalik oʻrganishi jarayonida muassasada qurilish ishlari borishi, loyiha talablari, mehnat xavfsizligi, texnik meʼyorlarga rioya qilinishi atroflicha koʻzdan kechirilib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatda sifatli yakunlash va inshootni talab darajasida foydalanishga topshirish choralari koʻrilmoqda. Albatta, bu saʼy-harakat yosh avlodni maktabgacha taʼlim tizimiga qamrovini oshirish, ularni maktab taʼlimiga tayyorlashga xizmat qiladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati



