Botir Zaripov Isroilning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustigni qabul qildi
2026-02-23 22:15:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda mintaqadagi hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, taʼlim, tibbiyot, turizm, qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, suv tejamkor texnologiyalar va eksport sohalarida hamkorlik qilish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlar koʻrib chiqildi.
Isroil davlati elchisi tashrif davomida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishganini va katta taassurotlarga ega boʻlganini taʼkidladi.
Muloqot chogʻida hududlararo hamkorlikni kengaytirish boʻyicha bildirilgan takliflar asosida kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
