Shofirkonda yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
2026-02-13 12:30:00 / Yangiliklar

Xususan, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida ham keyingi yillarda yuqori texnologik operatsiyalarni amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Kuni kecha ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi.
Maʼlum boʻlishicha, tumanning "Zarchabek" mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqaro G.Q. avtohalokat natijasida ogʻir tan jarohati olgan. Bemorga "chap yelka suyagi sinishi va bilak nervining shikastlanishi" tashxisi qoʻyilgan. Bunday jarohatlar oʻz vaqtida va professional tarzda davolanmasa, bemorning qoʻli butunlay ishlamay qolishi yoki nogironlikka olib kelishi mumkin edi. Bu — avtohalokat natijasida maydalanib yoki qattiq siljib singan yelka suyagini metall konstruksiya bilan tiklashdir. LCT plastinka zamonaviy texnologiya boʻlib, u suyakka zich yopishadi va uning tez bitishini taʼminlaydi. Nevroliz esa eng nozik qismi — suyak sinishi oqibatida siqilib qolgan yoki shikastlangan nerv tolalarini ozod qilishdir. Bu qoʻlning harakati va sezuvchanligini saqlab qolish uchun hayotiy muhim hisoblanadi.
Tuman tibbiyot birlashmasining malakali mutaxassislari — Aloviddin Oripov hamda Nodir Umarov tomonidan bemorda "Chap yelka suyagi LCT plastinka va shruplar yordamida ekstramedullyar osteosintez qilish hamda chap bilak nervini nevroliz qilish" amaliyoti oʻtkazildi.
Mazkur turdagi jarrohlik amaliyoti kam invazivligi, yaʼni amaliyot oʻtkazilgan bemorda asoratlarning kam uchrashi, nogironlikdan asrash kabi samaradorlik, bu esa oʻz navbatida insonning erta faol hayotga qaytishiga sabab boʻladi.
Hozirda suyak boʻlaklari metall konstruksiya yordamida mahkamlanib, siqilib qolgan nerv yoʻllari ochib qoʻyildi. Bu esa bemorning tez fursatlarda sogʻayib, qoʻl harakatlarini qayta tiklashiga zamin yaratadi.
Xullas, endi shofirkonliklar ushbu turdagi amaliyotlar uchun davo istab, vaqt va mablagʻ yoʻqotib markazga borishlari shart emas. Ushbu yuqori texnologik amaliyot tuman tibbiyot birlashmasida doimiy oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Operatsiya oʻtkazilgan bemorga kelsak, ayni paytda u shifokorlar nazoratida boʻlib, oʻzini yaxshi his qilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
