Olot: “Muxtor” mahallasida zamonaviy kutubxona qad rostlamoqda
2026-02-07 15:25:00 / Yangiliklar

Xususan, Shahnoza Navro‘zova tashabbusi bilan tashkil etilgan "Navro‘z" kutubxonasi bugungi kunda mahalladagi bolajonlar va aholi uchun eng sevimli maskanlardan biriga aylangan. Ushbu kutubxona yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim rol tutmoqda. Endilikda esa "Muxtor" mahallasida yana bir zamonaviy kutubxonaning barpo etilishi bu ezgu an’ananing yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Yangi kutubxona Yoshlar ishlari agentligi hamkorligi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 650 million so‘m mablag‘ ajratilib, barcha zamonaviy talablar asosida jihozlangan, qulay va keng imkoniyatlarga ega kutubxona qurilishi rejalashtirilgan. Bu yerda bolalar va yoshlar uchun alohida o‘quv zallari, kitob fondi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xonalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu zamonaviy kutubxona nafaqat mahalla yoshlarining, balki keng jamoatchilikning ham sevimli maskaniga aylanishi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









