Qorako’l: “Obod turmush zamini” issiqxonachilik faoliyatini kengaytirmoqda
2026-02-04 18:20:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda xo‘jalik tomonidan 3,5 gektar maydonda pomidorning yuqori hosildorligi bilan ajralib turadigan “Alamina” navi yetishtirilmoqda. Ushbu nav bozorbopligi, serhosilligi va sifat ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik rahbari Otabek Ro‘ziyevning ta’kidlashicha, issiqxonada suvni tejovchi zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalari, shuningdek, issiqlikni mo‘tadil ta’minlovchi zamonaviy agregatlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu hosildorlikni oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Ayni kunlarda pomidorlar pishib yetilish arafasida bo‘lib, yaqin vaqt ichida mahsulotlarni eksportga chiqarish rejalashtirilgan.
Bu esa nafaqat xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshiradi, balki tumanimiz eksport salohiyatining yuksalishiga ham munosib hissa qo‘shadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









