Peshku: tuman mudofaa boʻlimi binosi qayta qurilmoqda
2026-01-10 17:20:00 / Yangiliklar

Shuningdek, tibbiy koʻrik xonalari toʻliq taʼmirlanib, zarur jihozlar bilan taʼminlanayotgani harbiy xizmatchilar va chaqiruvchilarga sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlaydi. Mudofaa boʻlimi atrofidagi hudud 180 metr uzunlikda shlakoblok devor bilan oʻrab olinmoqda. Tashqi koʻrinish va xavfsizlik darajasi modernizatsiya qilinib, boʻlim zamonaviy qiyofa kasb etmoqda va harbiy xizmatchilar hamda tashrif buyuruvchilar uchun tartibli va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.
Mudofaa boʻlimi modernizatsiyasi viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Joriy yil davomida harbiy sektor yoʻnalishi boʻyicha 1 milliard 400 million soʻm mablagʻ mudofaaa boʻlimi binosi qayta taʼmiriga ajratilgan. Bu mablagʻ ichki va tashqi infratuzilmani yangilash, tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va chaqiruv boʻlimi faoliyatini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilmoqda.
Tumanda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlar soni 2025-yilda 150 nafarni tashkil etdi. Safarbarlik chaqiruvi rezerviga esa 500 nafar yigit joʻnatilgan. Bu jarayonda barcha zaruriy sharoit yaratilgan va chaqiriluvchilar sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyati ega boʻlishgan.
Umuman, mudofaa boʻlimida amalga oshirilayotgan yangilanish va taʼmirlash ishlari harbiy xizmat sifatini oshirish, xavfsizlikni taʼminlash va qulay muhit, infratuzilma yaratishda zarur qadamdir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati





