Buxoro viloyati choʻl massivida “yashil qoplama”—himoya oʻrmonzorlari barpo etilmoqda
2026-01-08 17:50:00 / Yangiliklar

Bu borada viloyatning Olot, Qorakoʻl, Jondor, Romitan, Peshkoʻ, Shofirkon, Gʻijduvon va Qorovulbozor tumanlaridan choʻl massiviga tutash yer maydonlari tanlab olingan. Bu hududlarda “Yashil” loyihalash instituti tomonidan qidiruv-tanlov ishlari olib borilib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.
—“Yashil qoplama”lar barpo etish dolzarb topshirigʻiga muvofiq oʻrmon xoʻjaligimiz jamoasi tomonidan 29,2 tonna, Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligida 27,6 tonna, Olot davlat oʻrmon xoʻjaligida 29,8 tonna, Qorakoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligida 29,5 tonna miqdoridagi choʻl oʻsimliklari urugʻlari zahirasi yaratildi,—deydi Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori Rustam Hojiyev.—Shuningdek, Qizilqum davlat oʻrmon xoʻjaligida 21,4 tonna, “Neftchi” davlat oʻrmon xoʻjaligida 20,9 tonna, Shofirkon davlat oʻrmon xoʻjaligida 28,4 tonna, Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligida 21,5 tonna, Gʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligida 25,3 tonna, Qorakoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligida 28,5 tonna, Kogon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligida 15 tonna, viloyat miqyosida jami 277 tonna choʻl oʻsimliklari urugʻlari tayyorlandi.
Sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 5 ming gektardan ziyod, Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 5,8 ming gektarda, Olot davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 5,6 ming gektar yerda “yashil qoplama”—himoya oʻrmonzorlari barpo qilinmoqda.
Xuddi shunday, Qorakoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi 6,2 ming gektar maydonda, Qizilqum davlat oʻrmon xoʻjaligi 2,8 ming gektar yerda, “Neftchi” davlat oʻrmon xoʻjaligi 5 ming gektarda, Shofirkon davlat oʻrmon xoʻjaligi 8,5 ming gektar maydonda, Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi 5 ming gektar yerda, Gʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligi 5,5 ming gektarda, Qorakoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi mehnat jamoasi 6,5 ming gektar yerda, Kogon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi esa 2 ming gektar maydonda, buni viloyat miqyosida olganda, umumiy hisobda jami 58 ming gektar maydonda “yashil qoplama”—himoya oʻrmonzorini yaratishga jiddiy bel bogʻlangan.
Tashkiliy-moddiy jihatdan, viloyatning choʻl hududlarida “Yashil qoplama” himoya oʻrmonzorlari barpo qilish maqsadida buyurtmachi—davlat oʻrmon agentligi tomonidan hozirgacha viloyatdagi 11 ta ta oʻrmon xoʻjaligidan 7 tasiga loyiha boʻyicha avans mablagʻlari ajratib berilgan. “Yashil qoplama”—himoya oʻrmonzorlari barpo etish chora-tadbirlariga pudratchi subyektlar tomonidan 32 ta traktor-agregatlar, shuningdek, 30 nafarga yaqin mutaxassis va jami 180dan oshiq ishchi jalb etilgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








