Sarhisob: Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini amalga oshirish yuzasidan 2025-yil davomida viloyat hokimligi apparatida ijro intizomining holati 103 marotaba muhokama qilingan
2026-01-06 10:05:00 / Yangiliklar

Haftaning har dushanba kunlari Buxoro viloyati hokimi rahbarligida, haftaning chorshanba va juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, viloyat hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ya’ni har hafta 2 marotaba kelgusi oyning yakuniga qadar ijro muddati keladigan topshiriqlar ro‘yxati eslatma sifatida hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilari, bo‘linma rahbarlariga hamda tuman va shahar hokimliklariga yetkazilmoqda.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi ma’lumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.
Viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari tomonidan har oyda bitta tuman va shaharda hamda viloyat boshqarma, korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli o‘rganilmoqda. Jumladan, joriy yilning iyun oyida viloyat Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat hududiy boshqarmasida, avgust oyida Buxoro shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
2025-yilning 12 oyi davomida viloyat hokimligi apparatida ijro intizomining holati 103 marotaba muhokama qilingan.
2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat korxona tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yil davomida viloyatga daxldor 5770 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib (2024-yilga nisbatan 863 taga yoki 20.4 % ga oshgan), ushbu topshiriqlarning 2 777 tasida viloyat hokimligi asosiy ijrochi hamda 2 993 tasida hamijrochi sifatida belgilangan.
Ushbu topshiriqlarning 5 728 tasi (99,3%)ning ijrosi ta’minlanib nazoratdan yechilgan. Qolgan 42 ta topshiriqda viloyat hokimligi hamijrochi sifatida belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
2025-yilning dekabr oyida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida Prezidentimizning viloyat hokimligiga daxldor 799 ta topshiriqlari kelib tushgan bo‘lib, barchasining ijrosi ta’minlandi.
Shuningdek, ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining Prezident Administratsiyasi modulidagi viloyat hokimligiga daxldor 17 ta va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari modulida Hukumatimizning 14 ta topshirig‘i kelib tushgan bo‘lib, barchasining ijrosi ta’minlandi.
Joriy yilning yanvar oyidagi topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Har bir hokim o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi.
Yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 226 ta topshiriqlaridan 50 tasining ijrosi barvaqt ta’minlandi hamda qolgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Viloyatda Prezidentimizning, Prezident Administratsiyasining hamda Vazirlar Mahkamasining yanvar oyidagi qolgan topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Umid Qo'shshayev,
Viloyat hokimligi Ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig'i
