Jondor: “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida “Mahalla yettiligi bogʻi” tashkil qilinmoqda
2026-01-03 11:00:00 / Yangiliklar

Xuddi shunday, xalq tabobati uchun dorivor oʻsimliklar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan birga xoʻjalikning “Ogʻar” boʻlimi Manqufi aholi punktida ajratilgan 5 gektar maydonda tut koʻchatxonasini barpo qilish harakati ikki yil burun boshlangan. Yakuniga yetgan yil noyabr oyida ikki-uch yillik parvarishdan soʻng bu tut nihollarini xaridorlarga peshma-pesh yetkazishga kirishilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumandagi fermer xoʻjaliklarida mavjud dala maydonlari atroflariga 2 million tupga yaqin tut koʻchati yetkazib berish, nihol oʻtqazish, parvarishlash ishlari bormoqda.
Ayni yangi yil bayrami oldidan tuman hokimligi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mahalla yettiligi bogʻi”ni barpo etishga kirishildi. Bu ezgu tashabbus hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi orasida “yashil madaniyat”ni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirda 2 gektar maydonga ega bogʻ hududida 2 ming tupdan ortiq mevali koʻchatlar oʻtqazildi. Ekilgan koʻchatlar kelgusida nafaqat atrof-muhitni koʻrkamlashtiradi, yashillashtiradi, balki mahalla aholisi uchun fayz va baraka manbaiga aylanishi kutilmoqda.
Mazkur koʻchat oʻtqazish, bogʻ yaratishdek xayrli ishda tuman hokimligi, hududdagi korxona- tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir jarayonida hamjihatlik, bir maqsad sari intilish va tabiatga boʻlgan masʼuliyat tuygʻusi yaqqol namoyon boʻldi.
“Mahalla yettiligi bogʻi” kelgusida "Demun" mahallasining koʻrkam va fayzli maskanlaridan biriga aylanib, aholining emin-erkin hordiq chiqarishi, yosh avlodda tabiatga mehr tuygʻusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









