Kogon tumani: “Oʻzbekiston”, “Suxor” va boshqa mahallalarda qariyb bir kilometr yoʻl asfaltlashtirildi
2025-12-15 17:55:00 / Yangiliklar

Baʼzi maʼlumotlarga toʻxtalsak, ayni kunda temiryoʻlchilar tumanida umumiy uzunligi 511 kilometr masofadagi ichki xoʻjalik yoʻliga xizmat koʻrsatib kelinayotgan boʻlib, 2024-2025-yillar davomida tegishli dasturlar doirasida 160 kilometr yoʻl qismi qayta taʼmirlangan. Mahalliy aholi talablari asosida hudud yoʻlsozlari faoliyati tigʻiz kun tartibida olib borilmoqda. Xususan, mavjud yoʻllar joriy va kapital taʼmirdan chiqarilib, aholiga qulay va ravon yoʻllar barpo etilmoqda.
Shu kunlarda Kogon tumani obodonlashtirish boshqarmasi yoʻlsozlari tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanning “Oʻzbekiston”, “Suxor”, “Geofizika” hamda “Choloki” mahallalarida umumiy uzunligi qariyb bir kilometr ichki yoʻl asfaltlashtirildi. Bu saʼy-harakat aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda ichki yoʻl infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Muhimi, koʻp yillardan buyon hudud aholisini qiynab kelgan muammo bugunga kelib oʻz yechimini topdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




