Romitan: “Xurshid Xushnudbek” fermer xoʻjaligida oʻtgan koʻrgazmali seminar dolzarb agrotexnik tadbirlarga bagʻishlandi
2025-11-27 18:45:00 / Yangiliklar

Xuddi shunday, joriy dehqonchilik mavsumida tumanda gʻallachilik yoʻnalishidagi 274 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 6414 gektar yerda elimiz rizq-roʻzi—sara bugʻdoy yetishtirilgan boʻlib, qishloq xoʻjaligiga innovatsion texnologiyalar keng qoʻllanilayotgani tufayli har gektar yalpi hosildorligi 65-70 sentnergacha yetkazilgani katta yutuq, albatta.
Tumanda koʻp tarmoqli subyektga aylanayotgan “BCT Cluster Agrokompleks” MCHJ tomonidan joriy mavsum hosili uchun 1850 gektar maydonda sara bugʻdoy yetishtirilib, koʻzlanganidan oshiq, yaʼni 10 ming tonnadan oshirib yalpi gʻalla xirmoni bunyod qilingani oʻnlab dehqon fermerlar, mehnatkashlar oilalari moddiy manfaatdorligini taʼminlamoqda.
Shu kunlarda viloyatimiz dalalarida kelgusi yil hosili uchun puxta taraddud boshlangan. Kuni kecha Romitan tumani, “Nurafshon” hududidagi “Xurshid Xushnudbek” fermer xoʻjaligida ekin yerlarini mahalliy oʻgʻitga toʻyintirib, chuqur shudgorlash, “biochar” agrotexnik tadbirini talab darajasida tashkillashtirish, fermer, dehqon xoʻjaliklari dala chetlari, chel-marzalarni koʻkalamzorlashtirish, manzarali va mevali daraxt nihollari, tok koʻchatlarini oʻtqazish va parvarishlash bilan bogʻliq koʻrgazmali oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Agroklaster vakillari, fermer, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, taʼminotchi tashkilotlar masʼullari qatnashgan tadbirda viloyat va tuman agrokompleksiga daxldor tashkilot-idoralari rahbarlari tomonidan shu yil 5-dekabr kunigacha shudgorlash ishlarini sifatli yakunlash, “Yashil makon” loyihasi doirasida dala chetlari, boʻsh yerlarga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish, gʻoʻzapoyadan “biochar” tayyorlash va uning tuproq unumdorligiga tasiri, yerdan qoʻshimcha daromad olish usullari yuzasidan tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






