“Har bir kun — bu imkoniyat, har bir kun bu kelajak uchun poydevor!”
2025-11-21 17:50:00 / Yangiliklar

Bundan koʻzlangan maqsad kech kuzgi agrotexnik tadbirlar, bogʻ-tokzorlarni kengaytirish, sara navli mevali daraxt va buta koʻchatlarini oʻtqazib parvarishlash, melioratsiya, tuproq unumdorligi ishlarini toʻgʻri olib borish, shuningdek, bogʻ-tokzorlar qator oralarida mavsumiy “toʻqsonbosti” uslubida sabzavot mahsulotlari ekib yetishtirishni jadallashtirish, ekin yeridan samarali foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, aholi dasturxoni toʻkinligini taʼminlashga qaratilgan.
Soha xodimlari tajriba almashinuviga xizmat qiladigan mazkur tadbirda Navoiy va Buxoro viloyatlari qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari, tumanlar hokimlari va ularning qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlari, agroklasterlar vakillari, agronomlar, agroinspeksiya, oʻsimliklar karantini va himoyasiga oid masʼullar, fermerlar ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali oʻquv-amaliy seminarida respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining boshqarma boshligʻi Dilshod Anorboyev, respublika Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bogʻdorchilik boʻlimi boshligʻi Abror Joʻrayev, respublika Fermerlar kengashi raisining oʻrinbosari Komiljon Sobirov, Buxoro viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Askar Javodov va boshqalar soʻzga chiqib, har ikki viloyatdan qatnashgan qirqqa yaqin fermer xoʻjaliklari, tomorqa yer egalariga ekin yerlaridan unumli foydalanish, amalga oshirilishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdilar.
Qayd qilinganidek, joriy yilda Buxoro viloyatida 3150 gektar yerda 3 million tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazilib, parvarishlanmoqda. Shuningdek, dala chetlari, ariq-kanallar, kollektorlar atrofida 1 million tup atrofida daraxt va butalar oʻtqazilib, parvarish qilinmoqda. Umuman, 2025-2026-yil kuz-qish va erta bahor mavsumida viloyat tumanlarida 1 ming gektar yerda bogʻ-tokzor, yana 1500 gektar yerda esa intensiv usulda bogʻ barpo etish saʼy-harakati bormoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









