Kogon: Bahouddin Naqshband, Beklar va Kogon mahallalaridagi ariqlar oʻzani betonlashtirilmoqda
2025-11-21 12:15:00 / Yangiliklar

Bu borada Kogon tumanida ham oʻtgan yili fermer xoʻjaliklari, klaster korxonalari balansidagi jami 700 kilometrdan iborat ichki tarmoq ariqlari suv oʻtkazuvchanligini yaxshilash, oʻzanlarni betonlashtirish ishari jonlantirilgan. Shundan 115 kilometr ariq oʻzani betonlashtirilgan. Tuman irrigatsiya boʻlimi tasarrufidagi tarmoqlar esa 65 kilometrni tashkil etib, shundan 61 kilometrga teng oʻzani betonlashtirilgan.
Jumladan, oʻtgan yili “Bahouddin Naqshband” mahalla fuqarolar yigʻinidan oʻtuvchi Yabon arigʻining 6,5 ming metr oʻzani toʻliq betonlashtirilgan. Qolgan hududlarda ham jarayon davom etmoqda. Xususan, Bahouddin Naqshband mahallasidan oqib oʻtuvchi "Yamchi-Usmonobod-Merishim", Beklar mahallasidan oqib oʻtuvchi "Katta machit—Quyi xomi—Xoʻja fayz" hamda Kogon mahallasidan oqib oʻtuvchi "Sultonobod" ariqlarining jami 9 kming metrga yaqin qismida oʻzanni betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihalar amaliyotida “Islom taraqqiyot banki” va OPEK xalqaro jamgʻarmasi bilan yaqin hamkorlikda ish yuritilmoqda.
Shuningdek, mahalliy dastur asosida Kogon tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan Choloki mahallalasidan oʻtuvchi "Kurjan" arigʻining 400 metr qismi betonlashtirilmoqda. Bu manzildagi ishlarda pudratchi subyekt "Buxoro gidrotexnika" MCHJ ishchi-mutaxassislari jonbozlik koʻrsatishmoqda.
Hududda bajarilayotgan suv oʻzanini betonlashtirish ishlaridan maqsad ekin yerlarini sugʻorish mavsumida ichki sugʻorish tarmoqlaridan yetkazib berilayotgan “obi hayot”ning yoʻqotilishi yoki tuproqqa singib ketib, isrof boʻlishining oldini olishdir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









