Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishchi guruh bilan navbatdagi uchrashuvini o’tkazdi
2026-02-24 17:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Xabaringiz bor, Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishchi guruh tashkil etilgan.
Bugun Adliya vaziri Akbar Tashkulov ushbu ishchi guruhning Yashnobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish hamda uni tizimli yo‘lga qo‘yishning dastlabki tahliliy ma’lumotlari va takliflari bilan tanishdi.
Jarayonda ishchi guruh a’zolariga tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida tizimli oʻrganishlar olib borish va oʻrganish natijasida ishlab chiqilayotgan takliflarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



