Asosiy kontentga o'tish

Surxondaryoda bodom gulladi

2025-01-03 11:30:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat  bog'i hududida qish sovug‘i hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gulladi.

Ma'lumot uchun, "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Hududda 667 turga mansub o‘simlik uchraydi.  Shulardan 36 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 

 

Shuningdek, hududning tog‘li va tog‘oldi qismlarida ko‘p yillik, yovvoyi, dorivor o‘simliklar o‘sadi.

1126

Oxirgi yangilanish: 2025-01-03 13:02:56

Surxondaryoda bodom gulladi