Asosiy kontentga o'tish

Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 6 milliarddan ortiq zarar yetkazildi

2024-09-30 13:20:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Navbahor tumani «Qorovultepa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida soat tonggi 04:30 da o‘tkazilgan reyd davomida Qiziltepa tumani Toshrabot qishlog‘ida yashovchi fuqarolar G‘.Sh., O.M. va A.Z. Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani aniqlandi. 

Huquqbuzarlar jami 26 ta tovon, 8 ta oq amur, 6 ta do‘ngpeshona, 32 ta zog‘ora, 32 ta laqqa, 249 ta Samarqand loyxo‘ragi hamda 46 ta O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori baliqlarini ovlashgan. Natijada tabiatga 6 milliard 324 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning  90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

556

Oxirgi yangilanish: 2024-09-30 14:21:46