Asosiy kontentga o'tish

Buxoroda saksovullarni sindirganlarga jami 538 million so’mdan ortiq jarima va zarar belgilandi

2024-09-13 15:05:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan saksovul o’simliklari kesilishining oldini olish maqsadida doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Reydlar davomida 9 oyda jami 60 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroga takroran huquqbuzarlik sodir etganligi uchun O’zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi  2-qismi bilan  bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga taqdim etilgan hamda sud qarori bo’yicha javobgarlikka tortilgan.

Huquqbuzarliklar yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 164 million 900 ming so’m jarima hamda tabiatga yetkazilgan 373 million 727 ming so’m zarar hisoblandi. Saksovullarni sindirgan huquqbuzarlar jami 538 million 627 ming so’m to‘lashlari belgilandi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

359

Oxirgi yangilanish: 2024-09-13 15:17:01