Ov taqiqlangan paytda 16 ta quyon noqonuniy ovlangani ma'lum bo‘ldi
2024-08-13 11:20:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Uchquduq tuman bo‘limi, tuman IIB, YHXB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi soat 03:00da Uchquduq tumani kirish postida “Neksiya 2” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirildi. Natijada fuqaro H.N. va F.S.lar ov qurollari bilan 16 ta yovvoyi quyonni ov mavsumi bo‘lmagan vaqtda hech qanday ruxsatnomasiz ovlab olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha ashyoviy dalillar olinib, avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi va 16 mln 320 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.
Ma'lumot uchun, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga ko‘ra 15-avgustgacha ov qilish taqiqlangan.